Kursy.uz

Toshkentdagi barcha kurslar va o‘quv markazlari
O'zbek   Русский


Miracle Academy - o'quv markazi

1 Filiali Manzili
Oasis savdo markazi, 2-qavat, Farhod bozori qarshisida
2 Filiali Manzili
"Miracle" binosi, 3-qavat. Mo'ljal "Rayhon" kafesi"
Markazni baholash
★★★★★
Do‘stlarga tavsiya etish

AQLIY ARIFMETIKA

Hech kimga sir emaski, tarbiya berishda eng oliy vazifa - bu bolaning rivojlanishi va o’z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishiga qaratilgan samarali usullarni tanlash hisoblanadi. Bugungi kunda bunday dasturlardan biri bu – aqliy arifmetika kurslaridir. Keling, aqliy arifmetika kurslari nima berishi va qanday foyda keltirishi haqida batafsil bilib olamiz.

Ushbu usul miyaning har ikkala yarim sharini teng ravishda rivojlantirishni o’z ichiga oladi, ya'ni mashg'ulot paytida mantiq, tahlil va teng taqsimlik (buning uchun o'ng yarim shar mas'ul), shuningdek, tasavvur, tasvir yaxlitligi va xayoliy fikr (chap yarim shar) ishga jalb qilinadi.

Bundan tashqari, aqliy matematika, maktabdagi odatiy matematikadan farqli o'laroq, og'zaki hisoblashni rivojlantiradi – bu esa har qanday yoshdagi kishiga, arifmetik muammolarni bir necha soniyalar ichida hal qila olishi imkoniyatini yaratadi. Yaponiyada o’ylab topilgan aqliy arifmetika, dunyoning boshqa ko'plab shaharlari singari Toshkent shahrida ham o'z o'rniga ega bo'ldi.

Toshkentdagi «Aqliy arifmetika» kursi dasturi ham bolalar, ham kattalar bilan mashg’ulotlar olib boradi. Faqatgina kichik bir bahona shundaki, kishi qanchalik katta bo'lsa, ma'lumotni o'zlashtirib olishi shunchalik qiyinroq kechadi.

Bolalar uchun aqliy arifmetika jarayoni mashg’ulot ishtirokchilariga bo’gliq – ya’ni bola, ota-onalar va o’qituvchiga. Toshkent shahrida joylashgan «Aqliy matematika» kurslarini taklif etuvchi markazning asosiy maqsadi — miyaning har ikki yarim sharining bir vaqtning o'zida ishlashiga erishishdir. Shu bilan birga, mutaxassislarning fikriga ko'ra, bir necha soniya ichida miyada arifmetik misollarni bajarish qobiliyati, birinchi darajali vazifa emas, balki betaraf ta'sirdir.

Bizning aqliy arifmetika markazimiz bir qator afzalliklarga ega, jumladan, aqliy arifmetika mashg'ulotlari keng va toza xonalarda, oliy ma'lumotli mahoratli o'qituvchilar rahbarligi ostida olib boriladi.

Bizning aqliy matematika maktabimiz kichik yoshdagi bolalar bilan bir vaqtda, boshlang'ich maktab va yuqori maktab o'quvchilari uchun ham kurslarni taklif etadi. Tajribali o'qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan noyob innovatsion dasturlar har bir o’quvchiga kursning davomiyligini ko’paytirmasdan, tezda o'rganishlari imkoniyatini beradi. Aqliy matematika maktabi har bir o'quvchiga individual yondashuvchi mashg’ulotlarni o’tilishini kafolatlaydi.

Tasvir (1)

Sharhga qo‘shimcha qo‘shish


Защитный код
Yangilash


Siz bu yerdasiz: Barcha o‘quv markazlari Bolalar uchun kurslar Aqliy arifmetika Miracle Academy - o'quv markazi