Kursy.uz

Toshkentdagi barcha kurslar va o‘quv markazlari
O'zbek   Русский


Miracle Academy - o'quv markazi

1 Filiali Manzili
Oasis savdo markazi, 2-qavat, Farhod bozori qarshisida
2 Filiali Manzili
"Miracle" binosi, 3-qavat. Mo'ljal "Rayhon" kafesi"
Markazni baholash
★★★★½
Do‘stlarga tavsiya etish

BOLALAR UCHUN DASTURLASH KURSLARI

Dasturlash kasbiga bo'lgan qiziqish va axborot texnologiyalari bilan yaqinroq tanishish maqsadlari, ko’pchilik kishilar o'z farzandlarini dasturlash kurslariga ko'proq jalb etishlariga olib kelmoqda.

Endi dasturlash asoslarini 4-5 yoshdan boshlab o’rganish mumkin, bu borada ma'lumotni qanday usulda taqdim etilishi muhimdir. Bolalar uchun kodlash usuli, kattalar uchun ishlab chiqilgan va dasturlashni noldan boshlab o’rgatiladigan dasturdan tubdan farq qiladi.

Bolalar rivojlanishi va aqliy bilimlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, shu bilan birga turli yoshdagi bolalarning qiziquvchan maqsadlariga ko’ra, 2003-yilda Massachusets texnologiya universitetida Scratch tilining birinchi prototipi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturlash tili besh yoshdan o'n yoshgacha bo'lgan bolalar dasturlash asoslarini osonlikcha o'rganishlari uchun yaratilgan bo’lib, asosan ular – o'z o'yin va animatsion multfilmlarini syujet yordamida qanday yaratishni o'rganishlari, shuningdek, loyihalar usdida hamkorlikda ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishlariga qaratilgan.

"SCRATCH" BU NIMA?

Scratch - bu bolalar uchun vizual-yo'naltirilgan dasturlash tilidir. Uning yordamida dastur bilan shunchaki "o'ynash" mumkin degan fikrlarga qaramay, Scratch – bu bolalarga axborot-texnologiya fanining asoslarini o'rgatuvchi kuchli vosita hisoblanadi.

"SCRATCH"NING AFZALLIKLARI.

Scratch butunlay turli yoshdagi kishilar - maktabgacha yoshdagi bolalardan tortib, nafaqaga chiqqanlarga qadar, ularning ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar uchun kompyuter kurslari mantiqiy fikrlashga, ma'lumotlarni tahlil qilishga, toifalashga va ma’lumotlarni tizimlashtirishga, shuningdek, jamoa bo’lib ishlash qobiliyatini shakllantirishga, jamoadagi rollarni taqsimlashga yordam beradi.

Maxsus materialni tushunib, o'zlashtirishning qulayligi shundaki, dasturlash mashg'ulotlari o'yin, animatsion rasmlar yoki multiplikatsiya qilingan filmlarni yaratish shaklida amalga oshiriladi. Biroq, bu Scratchning yagona afzalligi bu emas - siz ushbu tilni farzandlaringiz bilan o'rganishingiz mumkin, chunki u orqali siz bolalarga fizika, biologiya, tarix va boshqa ko'plab umumiy ta'lim fanlarini dastur orqali illyustratsiyaviy tushunchalaringiz shaklida o’rgatishingiz mumkin. Shu bilan bir qatorida, vaqt o'tishi bilan ishlab chiquvchi mutaxassislar ovozli xususiyatlarini kiritish orqali tilni takomillashtirishdi, bu esa vazifani sezilarli darajada yengillashtirish imkonini yaratadi.

"SCRATCH"DA QANDAY QILIB ISHNI BOSHLASH KERAK.

Massachusets Texnologiya Institutining rivojlanish guruhi “Scratch”dan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, ya’ni ushbu tilni ikki xil - onlayn va oflayn holda o'rganish imkoniyati mavjud.

Uncha ko’p bo’lmagan davr - 2014 yilda - dunyoga “ScratchJr” deb nomlangan yosh bolalar uchun moslashtirilgan Scratch versiyasi ("Scratch Junior") mobil qurilmalar uchun ilova sifatida taqdim etilgan edi. “Scratch Junior”ni turli xil operatsion tizimlarga ega bo’lgan telefonlarga o'rnatish mumkin - Android, hamda iOS uchun. Uning "kattalar" versiyasidan asosiy farqi - ulardan foydalanish soddalashtirilganligidir - bolalarga noldan boshlab dasturlashni o'rganishga imkon berish uchun matnlardan umuman foydalanilmagan. Shu bilan birga, bola o'qish ko'nikmasiga ega bo'lish shart emas - u shunchaki spraytlarni to'g'ri tartibda joylashtiradi va o’z istagiga ko’ra tovushlar va rasmlardan foydalanadi.

Tasvir (1)

Sharhga qo‘shimcha qo‘shish


Защитный код
Yangilash